22 Fevral 2022 yil 546

Oʻzbekiston tumanida xonadondan “ogʻu” topildi

Oʻzbekiston tumani.15-fevral kuni tuman IIB IIB TEQKG va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Oʻqchi-Dasht MFY hududida yashovchi R.Sh.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yashash xonadonidagi omborxonada quruq holdagi “marixuanna” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech