21 May 2022 yil 1646

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasidagi chegara postida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi yuzasidan

TEZKOR XABAR

2022-yilning 21-may kuni soat 15:30larda Qirgʻiziston Respublikasi Batkent viloyati, Qadamjoy tumani orqali Oʻzbekiston Respublikasi Soʻx tumani hududiga harakatlanib kelayotgan Qirgʻiziston Respublikasi fuqarosiga tegishli boʻlgan yuk avtomobili tormoz tizimidagi nosozlik sababli boshqaruvni yoʻqotib, Qirgʻiziston Respublikasining “Chechme” hamda Soʻx tumanining “Chashma” chegara oʻtkazish punktida roʻyxatdan oʻtish uchun navbatda turgan avtomobillarga kelib urilgan.

Dastlabki ma’lumotga koʻra ikki davlat oʻrtasidagi chegara oʻtkazish punktlari oraligʻida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi natijasida 8 nafar fuqarolar voqea joyida vafot etgan (1 nafari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi). Yoʻl-transport hodisasi natijasida 5 nafar fuqarolarga (1 nafari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi) Soʻx tumani tibbiyot markazida tibbiy yordam koʻrasatilib, yashash uyiga ruxsat berilgan.

Hodisa oqibatida 13ta avtomobilga turli darajadagi texnik shikast yetgan.

Voqeaga oydinlik kiritish maqsadida Oʻzbekiston hamda Qirgʻiziston Respublikalari huquqni muxofaza qiluvchi organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv hamda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech