7 Iyun 2023 yil 398

Oʻzbekiston tumanida oʻgʻirlikka qoʻl urgan voyaga yetmagan shaxslar aniqlandi

Oʻzbekiston tumani. Fuqaro M.H IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 15-may kunidan 17-may kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs Yuqori toʻlash koʻchasidagi qurilishigi tugallanmagan uyiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, u yerda boʻlgan umumiy narxi 2.500.000 soʻmlik bir dona suv nasosi, bir dona kompyuter jamlanmasi, bir dona ovoz kuchaytirgich va bir dona bolgarkalarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan O.S va Q.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech