Oʻzbekiston tumanida “zahri qotil” saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Oʻzbekiston tumani. 2023 yil 20 yanvar kuni tuman IIB JQB va TEQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Qum mahalla hududida yashovchi J.Sh.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda yotoqxonasidagi javon ichida bir dona selofan paketga oʻralgan 15,5 gramm, oshxonasidan 5,06 gramm, “Marixuana” va 5,06 gramm “Koʻknor samoni” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati