Oʻzbekiston tumanida zahri qotil saqlagan shaxs aniqladi
Oʻzbekiston tumani.26-avgust kuni Fargʻona viloyati IIB TEQKB va tuman IIB TEQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Oʻqchi-dasht qishlogʻida yashovchi K.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “kannabis” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati