21 Oktyabr 2021 yil 431

Oʻzbekiston tumanida yonida “ogʻu” saqlagan shaxs aniqlandi

Oʻzbekiston tumani. 12-oktabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Turkiston koʻchasida yashovchi Q.O.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, Q.O.ning egnidagi shimini oʻng choʻntagida “marixuana” giyohvandlik moddasiga oʻxshash moddani saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech