8 Iyul 2023 yil 437

Oʻzbekiston tumanida xususiy korxonasidan 8.210.000 soʻmlik maishiy texnika va yuk mashina ehtiyot qismlarini oʻgʻirlagan voyaga yetmagan shaxslar aniqlandi

Oʻzbekiston tumani. Fuqaro A.Sh. IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 23-iyun kunidan 24-iyun kuniga oʻtar kechasi, noma’lum shaxs Toʻxlimergan mahalla hududida yashovchi Yuqori Toʻlash mahalla hududida joylashgan xususiy korxonasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xususiy korxonasidan jami 8.210.000 soʻmlik maishiy texnika va yuk mashina ehtiyot qismlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (Oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan O.S. va Q.S.lar sodir sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech