O'zbekiston tumanida xonadonida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs qo'lga tushdi
O'zbekiston tumani.7 may kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tadbir davomida, Sochtepa mahalla hududida yashovchi S.I.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, xonadonidagi qurilishi bitmagan uyning tokchasida “marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste'mol qilish sog'lig'ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.
Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati