21 Iyul 2022 yil 395

Oʻzbekiston tumanida xonadonga oʻgʻirlikka tushgan shaxs koʻlga olindi

Oʻzbekiston tumani.Fuqaro E.O IIBga qilib, unda 2022-yilning 05-iyul kuni noma’lum shaxs yashash xonadoni gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadonidan narhi 5.000.000 soʻmlik “Supra” nomli televizorini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni A.R sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech