10 Aprel 2023 yil 333

Oʼzbekiston tumanida xonadondan tillo taqinchoqlarni oʼgʼirlagan ayol aniqlandi

Oʼzbekiston tumani. Аvgʼon mahalla hududida yashovchi fuqaro O.B IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 15 mart kuni nomaʼlum shaxs yashash xonadoniga gʼayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasidan umumiy narxi 4.500.000 soʼmlik boʼlgan 5 dona tillo uzuk va bir juft tillo ziraklarni yashirin ravishda oʼgʼirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʼzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni U.O ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʼz mol-mulkingiz, pul mablagʼlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʼgʼirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʼshgan boʼlasiz.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech