Oʻzbekiston tumanida xonadondan pullarni oʻgʻirlagan ayol fosh boʻldi
8-noyabr kuni Oʻzbekiston tumani, Gulzor koʻchasida yashovchi A.A ismli fuqaro IIB ga murojaat qilib, unda shu kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs uning yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasida boʻlgan 3.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari davomida ushbu jinoyatni T.A ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati