Oʻzbekiston tumanida tomorqasida 20 tup koʻknori giyohvandlik moddasini parvarishlab kelayotgan shaxs qoʻlga tushdi
Oʻzbekiston tumani. 2023-yilning 31-may kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Taraqqiyot mahalla hududida yashovchi T.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 20 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimlaiklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati