Oʻzbekiston tumanida tilla-taqinchoqlarni aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan ayolga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzbekiston tumani. M.O IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 19-iyun kuni noma’lum ayol ishonchiga kirib, Bozor-yaypan mahalla hududida joylashgan buyum bozorida sotmoqchi boʻlgan tilla-taqinchoqlarni 12.150 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, taqinchoqlarni olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan tilla- taqinchoqlarni aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni H.G ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati