20 May 2022 yil 639

Oʻzbekiston tumanida taqiqlangan oʻsimliklarni parvarishlagan shaxs fosh boʻldi

Oʻzbekiston tumani.11-may kuni tuman IIB TEQKB va JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Qudash MFY hududida yashovchi P.Yu.ning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 60 tup “kannabis” giyohvandlik o`simliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech