22 Noyabr 2021 yil 365

O'zbekiston tumanida tadbir davomida giyohvand moddalari bilan bog'liq holat aniqlandi

2021 yil 17 noyabr` kuni Farg'ona viloyati IIB TEQKB va JQB hamda DXX O'zbekiston tumani bo'limi xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, O'zbekiston tumani «O'rtaqishloq» MFYda yashovchi 1991 yilda tug'ilgan fuqaro N.N. maxsus xaridorga 200.000 so'm evaziga 1 dona gugurt qutiga solingan dumaloq shakldagi qo'ng'ir rangli o'tkir hidli 3 gramm «gashish» giyohvandlik moddasiga o'xshash modda sotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida tuman IIBga jo'natildi.

Tezkor-surushtiruv tadbirlar natijasida 1991 yilda tug'ilgan O'zbekiston tumani «O'rtaqishloq» MFYda yashovchi N.N.jinoyatda gumonlanib, qo'lga olingan. Holat bo'yicha JKning 273-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech