20 Oktyabr 2021 yil 486

Oʻzbekiston tumanida quritilgan oʻrik mevalarni oʻgʻirlagan shaxslar fosh boʻldi

Oʻzbekiston tumani. 13-oktabr kuni fuqaro J.I IIBga murojaat qilib, unda 10-oktabr kunidan 11-oktabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs oʻziga qarashli Boʻston MFY hududida joylashgan bogʻdorchilik fermer xoʻjaligi bogʻidagi konteynerini qulfini buzish yoʻli bilan gʻayriqonuniy ravishda kirib narxi 10.000.000 soʻmlik quritilgan oʻrik mevalarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.S., D.O va R.J.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech