O‘zbekiston tumanida qarovsiz qolgan sumkadan pullarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
O‘zbekiston tumani. Fuqaro S.А IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 19 mart kuni nomaʼlum shaxs Beruniy mahalla hududida joylashgan savdo do‘konidagi rasta ustida qarovsiz qoldirgan sumkasidan 400 AQSH dollari va 2.200.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni О.H sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz, pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati