Oʻzbekiston tumanida qarovsiz qoldirilgan “Damas” avtomashina salonidan pul va antiradar moslamasini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Oʻzbekiston tumani. 10-iyul kuni I.U IIBga murojaat qilib, unda 06-iyul kuni noma’lum shaxs Oʻqchi MFY hududida joylashgan dehqon bozori oldida qarovsiz qoldirgan “Damas” rusumli avtomashina salonida boʻlgan narxi 400.000 soʻmlik “INTEGO” rusumli antiradar moslamasi va 200.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni O.D sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.