13 Aprel 2022 yil 470

Oʻzbekiston tumanida profilaktika inspektoriga tan jarohati yetkazgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

21-mart kuni Oʻzbekiston tumani Doʻstlik MFY, Mingbuloq koʻchasida yashovchi, 43 yoshli J.J hamqishlogʻi 31 yoshli R.M bilan birga Qizil-bogʻ qishlogʻida joylashgan futbol stadioni chetida spirtli ichimlik iste’mol qilib, oʻzaro janjallashib ketishi natijasida fuqaro J.J tan jarohati olib, Qoʻqon shahar tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Shundan soʻng, R.M mast holatda Fargʻona viloyati IIB ikkinchi mintaqaviy hudud Oʻzbekiston tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori F.O xizmat xonasida oʻzini nosamimiy tutib, profilaktika inspektorini turli nooʻrin soʻzlar bilan haqorat qilib, faol qarshilik koʻrsatgan holda unga tan jarohati yetkazgan. 

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan R.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech