Oʻzbekiston tumanida “ogʻu” saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Oʻzbekiston tumani. 2023 yilning 24 yanvar kuni tuman IIB JQB va HPB xodimlari bilan xamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Beshkapa mahalla hududida yashovchi A.O.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon mehmonxonasida “marixuana” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati