Oʻzbekiston tumanida “ogʻufurush” qoʻlga tushdi
Oʻzbekiston tumani. 07 fevral kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Q.D Qushqanoq mahalla hududidining markazida joylashgan svetafor oldida 1.115.000 soʻm evaziga bir dona koʻk rangli sellofan paketga oʻralgan marixuana giyohvandlik moddalarini sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.
Shundan soʻng, tadbir ishtirokchilari tomonidan Q.D.dan yonida boshqa jinoyatga aloqador ashyolar mavjudligi soʻralganida, u oʻzining yashash xonadonida saqlab kelayotgan bir dona qogʻoz qutiga solingan marixuana giyohvandlik moddalarini taqdim qilgan.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati