6 Iyun 2023 yil 640

Oʻzbekiston tumanida “Nexia” avtomashinasini olib qochgan voyaga yetmagan shaxs qoʻlga olindi

Oʻzbekiston tumani.02-iyun kuni soat 18:25 larda voyaga yetmagan M.A tuman markaziy shifoxona oldida oʻzining boshqaruvidagi sariq rangli, “Nexia” rusumli avtomashinada yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanayotgan Gʻ.M.ni toʻxtatib, yoʻlovchi sifatida chiqib, Yaypan-Bozor mahalla hududiga yetib borgan vaqtda, Gʻ.M.ga u bilan oʻzaro gaplashib olishi lozimligini aytgandan keyin Gʻ.M toʻxtab avtomashinadan tushgan vaqtda haydovchi oʻrindigʻiga oʻtirib, avtomashinani olib qochib, Ibn-Sino koʻchasi boʻylab harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida qarama-qarshi yoʻnalishda kelayotgan fuqaro R.B boshqaruvidagi “Gentra” rusumli avtomashina bilan toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: