Oʻzbekiston tumanida “Neхia-2” rusumli avtomashina salonidan pullarni oʻgʻirlagan voyaga yetmagan shaxs qoʻlga tushdi
Oʻzbekiston tumani. Eski yaypan mahalla hududida yashovchi Q.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 14-may kuni noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirgan “Neхia-2” rusumli avtomashinasi salonida boʻlgan 1.200.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan Q.X sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati