23 Dekabr 2021 yil 427

Oʻzbekiston tumanida “Moskvich”ni olib qochgan yigit qoʻlga olindi

Oʻzbekiston tumani. 2021-yil 19-dekabr kuni soat 08:30 larda Fargʻona viloyati 102-raqamiga Oʻzbekiston tumani Bunyodkor koʻchasida yashovchi 33 yoshli T.D. qoʻngʻiroq qilib, unga tegishli boʻlgan “Moskvich” rusumli avtomashinasi yashash xonadoni oldidan noma’lum shaxs tomonidan olib qochilganligi haqida xabar berib, avtomashinani topishda hamda transport vositasini olib qochgan shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni voyaga yetmagan 17 yoshli K.M. sodir etganligi aniqlanib, T.D.,ga tegishli avtomashinani 3 km. masofagacha boshqarib borib, Oʻzbekiston tumani Dashtxasan koʻchasida joylashgan “Vaxobjon ota” choyxonasi yoniga tashlab ketganligi ma’lum boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan K.M.,ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “a” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, u protsessual tartibda ushlangan.

Qonunbuzar bilan bir qator tergov harakatlari oʻtkazilganda, u 19-dekabr kuni spirtli ichimliklar iste’mol qilib, avtomashinani ochiqligidan foydalanib kalit tanlash yoʻli bilan oʻt oldirib, olib qochib ketganligi bildirgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech