Oʻzbekiston tumanida molxonasining tom qismida marixuana saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Oʻzbekiston tumani.17-avgust kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Pastkiqoʻriq mahalla hududida yashovchi I.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon molxonasining tom qismida bir tup quruq holdagi marixuana giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati