12 Yanvar 2022 yil 533

Oʼzbekiston tumanida «marixuana» saqlagan shaxs aniqlandi

Oʼzbekiston tumani. 10 yanvar kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tadbir davomida, Namuna MFY hududida yashovchi X.M.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganda yashash xonadoni omborxonasi va ogʼilxonasida “marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oʼzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sogʼligʼingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʼlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech