31 Oktyabr 2022 yil 363

Oʻzbekiston tumanida “marixuana” saqlagan shaxs aniqlandi

Oʻzbekiston tumani.2022-yilning 16-oktabr kuni, tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Beruniy mahalla hududida Sh.U.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon yotoqxonasida “Marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech