7 Aprel 2023 yil 360

Oʼzbekiston tumanida marixuana saqlagan shaxs qoʼlga tushdi

Oʼzbekiston tumani. 2023 yilning 27 mart kuni tuman IIB TQKB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tadbirda Zinasha mahalla hududida yashovchi X.Sh.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganda, xonadon molxonasida “Marixuana” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oʼzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech