Oʻzbekiston tumanida giyohvandlik vositalarini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Oʻzbekiston tumani.30-may kuni tuman IIB TEQKB va huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Oqtepa mahalla hududida yashovchi Q.S.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadonida 2 dona bogʻlamda quritilgan holdagi 43 dona koʻknori giyohvandlik oʻsimligi va metal idishda koʻknori boshoqlarini saqlab kelayotganligi aniqlanib daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati