22 May 2023 yil 370

Oʻzbekiston tumanida fuqaroning plastik kartasidan aldov yoʻli bilan pul yechib olgan shaxs aniqlandi

Oʻzbekiston tumani. Fuqaro L.S IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 26-dekabr kuni noma’lum shaxs “Telegram” ijtimoiy tarmogʻi orqali ishonchiga kirib, kiyim-kechak sotib olishini aytib, plastik kartasiga pul tashlab onlayn xarid amalga oshirishini bildirib, tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasi maxfiy kodini qoʻlga kiritib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 2.553.000 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan yechib olganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.U sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech