13 Dekabr 2021 yil 458

O‘zbekiston tumanida fuqaroga “Jentra” rusumli avtomashina olib berishni bahona qilib, pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi

 

O‘zbekiston tumani. 03 dekabr kuni A.A IIBga murojaat qilib, unda 2017 yilning avgust oyida nomaʼlum shaxs ishonchiga kirib, 123.000.000 so‘m pullar evaziga “Jentra” rusumli avtomashina olib berishini aytib, pulni olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech