Oʻzbekiston tumanida fermer xoʻjaligi binosiga oʻgʻirlikka tushgan uch nafar shaxs qoʻlga olindi
Oʻzbekiston tumani. 27-oktabr kuni fuqaro X.E IIBga murojaat qilib, unda 05-oktabr kunidan 06-oktabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Boʻston MFY hududida joylashgan bogʻdorchilik fermer xoʻjaligidagi binoga eshik qulfini buzish yoʻli bilan gʻayriqonuniy ravishda kirib, umumiy narxi 3.900.000 soʻmlik 1 dona kalitlar toʻplami, 1 dona oʻt oʻradigan apparati va 1 dona motoarrasini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.M., O.D va R.J.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati