Oʻzbekiston tumanida bosqinchi qoʻlga olindi
Oʻzbekiston tumani. 24-yanvar kuni soat 01:30 larda noma’lum shaxs yuziga niqob taqqan holda qoʻlida pichoq bilan Turkiston MFY hududida joylashgan MCHJ binosiga bostirib kirib, ushbu MCHJ qorovulxona yotoqxonasida boʻlgan qorovul A.A.ga taxdid qilib, undan pul talab qilib, kuch ishlatgan.
Shundan soʻng, jabrlanuvchi A.A. unga qarshilik koʻrsatgan vaqtida noma’lum shaxs darvoza toʻsqichi sifatida foydalanib kelingan temir truba bilan A.A.ni bosh sohasiga urib, tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni Z.M sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati