16 Sentyabr 2021 yil 374

Oʻzbekiston tumanida bir bosh qoʻyni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Oʻzbekiston tumani. 2021-yilning 28-mart kuni R.A IIBga murojaat qilib, unda 27-mart kunidan 28-mart kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Yangi-hayot qishlogʻi hududida joylashgan meva bogʻidagi qoʻyxonasida qarovsiz qoldirilgan oʻziga tegishli boʻlgan narhi 3.500.000 soʻmlik bir bosh qoʻyini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech