Oʼzbekiston tumanida ayolning plastik kartasidan aldov yoʼli bilan pul yechib olgan shaxs aniqlandi
Oʼzbekiston tumani. M.U ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 27 fevral kuni nomaʼlum shaxs “Telegramm” ijtimoiy tarmogʼidagi guruhi orqali ishonchiga kirib, tegishli fondi tomonidan ogʼir kasallarga moddiy yordam berilayotganligini aytib, bank tomonidan berilgan plastik kartasi maxfiy kodini qoʼlga kiritib, plastik kartasi hisobida boʼlgan 1.414.000 soʼm pullarini firibgarlik yoʼli bilan yechib olganligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʼzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʼzgʼatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni А.B sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʼlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati