Oʻzbekiston tumanida ayol oʻgʻirlikka qoʻl urdi
Oʻzbekiston tumani. 17-avgust kuni S.Sh. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs Yaypan shaharchasi markazida joylashgan dehqon bozorida savdo ishlari bilan shugʻullanayotgan vaqtida rasta ustida qarovsiz qolgan plastik kartasi va 1.000.000 soʻm pullari boʻlgan ayollar sumkasini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.E. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati