2 Oktyabr 2021 yil 373

Oʻzbekiston tumanida noma’lum shaxs avtomashina yuvish shoxobchasi qurish uchun yer maydoni olib berishni va’da qilib fuqaroni pullarini qoʻlga kiritdi

Oʻzbekiston tumani. 21-sentabr kuni M.F IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning avgust oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, Yangi kent qishlogʻida joylashgan boʻsh turgan yer maydonini avtomashina yuvish shoxobchasi qurish uchun olib berishligini aytib, 500 AQSH dollar va 350.000 soʻm pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Yo.S sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech