Oʻzbekiston tumanida 3 nafar bosqinchi qoʻlga olindi
Oʻzbekiston tumani.2023-yil 13-yanvar kuni soat 23:00 larda 2004-yil tugʻilgan O.A 2005-yil tugʻilgan A.O va 2004-yil tugʻilgan A.K.lar oldindan jinoiy til biriktirib bir guruh boʻlgan holda, oʻzganing mol-mulkini bosqinchilik yoʻli bilan talon-taroj qilish maqsadida Qoʻqon shahar Muqumiy shaharchasida joylashgan avtoshoxbekat oldida, 2003-yil tugʻilgan A.A boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasini oldiga borishib, A.A yonida boʻlgan tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlash imkoni boʻlmagan oʻtkir tigʻli jism bilan A.A va avtomashina yoʻlovchilari, 2002-yil tugʻilgan O.Ya va 2003-yil tugʻilgan M.A.larga nojoʻya xatti-harakatlar qilishsa, oʻtkir tigʻli jism bilan tan jarohati yetkazishini aytib, ularni sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib, avtomashinani Oʻzbekiston tumani Yangiavlod koʻchasiga boshqarib borishini aytib, jinoiy sheriklari bilan ularni avtomashinasiga oʻtirib, Yangiavlod koʻchasiga yetib borgandan soʻng, haydovchi A.A.ni oʻldirish bilan qoʻrqitib, yonida boʻlgan 650.000 soʻmlik “Huave Pro” rusumli telefon apparati va 200 AQSH dollarini, yoʻlovchilari O.Ya.ni bahosi 2.200.000 soʻmlik “Redmi Not 9 pro” rusumli va M.A.ni narxi 900.000 soʻmlik “Artel tesla 1” rusmli telefon apparatlarini bosqinchilik yoʻli bilan talon-taroj qilib, hodisa joyidan yashirinishgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan O.A., A.O va A.K.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a,b” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati