20 Noyabr 2021 yil 235

Oʻzbekiston tumani IIB xodimlari hududlar boʻylab mevali va manzarali daraxtlar oʻtqazishdi

“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda Oʻzbekiston tumani IIB xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

Profilaktika inspektorilari oʻzlari xizmat olib borayotgan mahalla, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari hududlariga, ehtiyojmand oilalarning xonadonlariga 500 tupdan ziyodroq daraxtlar ekishdi.

Yurtimiz boʻylab, ilgari surilgan ezgu tashabbus albatta oʻz samarasini beradi. IIO xodimlari ekkan nihollar kelajakda oʻz hosilini berishi bilan birga yurtimiz tabiatiga ham oʻzga xos hissa boʻlib qoʻshiladi. Yashil makonlar maydoni kengayadi.

Tumanda loyiha doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Text to speech