Oʻzbekiston tumanida xonadonga oʻgʻirlikka tushgan ayol aniqlandi
Oʻzbekiston tumani. Taraqqiyot mahulla hududida yashovchi fuqaro R.M IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 03-mart kunidan 11-mart kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida, noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasidan noutbuk kompyuteri, 100 AQSH dollari va 500.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Z.M ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati