Oʻzbekiston tumanida voyaga yetmagan shaxs oʻzganing telefon apparatini aldab qoʻlga kiritdi
Oʻzbekiston tumani. A.D IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 04-aprel kuni noma’lum shaxs Ziyokor koʻchasida oʻgʻli voyaga yetmagan S.Z.ning ishonchiga kirib, narhi 2.500.000 soʻmlik “Red Mi10” rusumli uyali telefon apparatidan foydalanib olishini aytib, firibgarlik yoʻli bilan telefon apparatini qoʻlga kiritganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni voyaga yetmagan Sh.A sodir etganligi aniqlanib, tergov haorakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati