Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmon talablari ijrosini ta’minlash maqsadida Fargʻona viloyati IIB MvaFRB va uning quyi tizimlari tomonidan bir qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirib borilmoqda.
Mazkur Farmonga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari biometrik pasportlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxs va chet el fuqarolarining yashash guvohnomalarini identifikatsiya ID-kartalariga almashtirish 2021-yil 1-yanvardan 2022-yil 31-dekabrgacha ixtiyoriylik asosida, shuningdek, qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa sabablarga koʻra taqdim etilmoqda.
Shuningdek, Farmonning 5-bandiga muvofiq identifikatsiya ID-kartalari rasmiylashtirilishining ikkinchi bosqichida 2023-yil
1-yanvaridan 2030-yil 31-dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshirilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan, kelgusida identifikatsiya ID-kartalarining rasmiylashtirilishini yanada jadallashtirish hamda rasmiylashtirilgan va taqdim etilgan ИД-kartalar yuzasidan koʻrsatkichlarni koʻtarish maqsadida Oʻzbekiston tumani IIB MvaFRB xodimlari tomonidan joylarda fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini identifikatsiya ID-kartasiga almashtirish yuzasidan targʻibot ishlari olib borilmoqda.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati