Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni talablari ijrosini ta’minlash maqsadida Rishton tumani IIB MvaFRB tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib borilmoqda
2022-yilning 10 oyi davomida Rishton tumani IIB MvaFRB tomonidan jami 5045 nafar fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi rasmiylashtirilib berildi.
Shuningdek aholiga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida Rishton tumani IIB MvaFRB xodimlari tomonidan yoshi keksaligi, nogironligi yoki boshqa sabablarga koʻra kelib murojaat qilish imkoniyati cheklangan fuqarolarga yashash xonadonlariga borib Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasini olish uchun moʻljallangan planshet qurilmasi yordamida fuqarolarga muntazam ravishda xizmat koʻrsatib kelinmoqda.
Hurmatli fuqarolar, muddati tugagan biometrik pasportlarni kechiktirmagan holda identifikatsion ID kartalarga almashtirishingizni soʻraymiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati