Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari general-mayor Sh.U.Sobirovning koʻrsatmasi va Fargʻona viloyati IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik I.S.Tillayevning topshirigʻiga asosan Fargʻona viloyati hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha Qoʻqon shahrida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda
Shaxsiy tarkib bilan kunduzgi va tungi yoʻriqnomalar oʻtkazilib, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish yoʻnalishida eʼtibor qaratish zarur boʻlgan jihatlar shaxsiy tarkibga birma-bir yetkazilib, xizmatga chiqarilmoqda.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida pora berish va olish, narkotik moddalarni sotish va saqlash qidiruvdagi shaxslarni ushlash kabi yoʻnalishlarda bir qator ijobiy natijalarga erishildi.
Shuningdek, profilaktika inspektorlari tomonidan hududlarda huquqbuzarliklarni barvaqt profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash hamda xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan profilaktik ishlarni kuchaytirish, jinoyatchilikni oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorligini taʼminlash borasida profilaktik ishlar kuchaytirildi MFY bilan hamkorlikda oilalar oʻrganildi. profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan suhbatlashildi. Maʼmuriy nazorat qoidalarini buzganlarga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi. Koʻp qavatli uylar va jamoat joylarga jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan turli profilaktik targʻibot materiallari joylashtirildi.
Oʻtkazilgan “Tigʻ” tadbiri davomida fuqarolarning yoni, avtomashinalari koʻzdan kechirildi.
Oila turmush doirasidagi jinoyatlarni oldini olish maqsadida notinch, nomaqbul oilalar, qarindosh urugʻlar, nizoli aka-ukalar, nizoli qoʻshnilarni ruyxati boʻyicha aniq manzilli profilaktik ishlar olib borildi.
Probatsiya boshqarmasi xodimlari tomonidan Probatsiya hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslar bilan profilaktik ogohlantiruv suhbatlar oʻtkazilib, tayinlangan ozodlikni cheklash jazosini oʻtashdan qastdan boʻyin tovlagan shaxslarning jazo turlari ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.
Mehnat bilan band boʻlmagan Probatsiya hisobida shaxslarni ishga joylashtirish choralari koʻrildi.
Taʼkidlash oʻrinliki, Qoʻqon shahar hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyat hamda huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida 18 ta yoʻnalishlarda patrullik tashkil qilingan. Bevosita ular koʻmagi bilan jamoat joyida spirtli ichimlik isteʼmol qilish, jamoat tartibini buzish kabi holatlarga huquqiy munosabat bildirilmoqda. Shuningdek yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha muntazam reyd tadbirlari amalga oshirilib, qoidabuzar haydovchi va piyodalarga tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Mazkur jarayonlar bevosita ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan muntazam nazoratga olinib, kerakli amaliy yordam va tavsiyalar berib borilmoqda.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati