Oʻz uyida noqonuniy ta’lim berish oqibati
Joriy yilning 22-fevral kuni Fargʻona viloyati IIB TEQKB va DXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Yozyovon tumanida yashovchi U. Gʻ ismli fuqaro ham diniy ta’lim berish uchun hech qanday litsenziyaga ega boʻlmay turib, arab tili gramatikasi boʻyicha ta’lim berish bahonasida oʻz uyida norasmiy ravishda “Xujra” tashkil qilganligi aniqlangan.
Ushbu shaxs 5 nafar fuqaroga diniy saboq berayotgan boʻlsa, ulardan 4 nafari voyaga yetmaganlar ekanligi ma’lum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora koʻrish uchun jinoyat ishlar boʻyicha Yozyovon tumani sudiga yuborilgan edi. Odil sud tomonidan ushbu fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 241-moddasi bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati