28 Aprel 2022 yil 461

Oʻz uyida noqonuniy ta’lim berib kelayotgan shaxs qoʻlga olindi

Joriy yilning 21-fevral yil kuni, Fargʻona viloyati IIB TEQKB va DXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Yozyovon tumanida 1978-yilda tugʻilgan fuqaro oʻzining yashash xonadonida 19 nafar shaxslarga hech qanday litsenziyaga ega boʻlmay turib, diniy adabiyotlar va arab tili gramatikasidan noqonuniy ta’lim berib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib jinoyat ishlari oʻyicha Yozyovon tuman sudiga yuborilgan. Sud tomonidan unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 241-moddasi asosan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech