29 Yanvar 2025 yil 1912

Farg‘ona tumani hududida ov qurol egalari bilan profilaktik suxbat o‘tkazildi

Ichki ishlar organlari tomonidan aholi o‘rtasida noqonuniy o‘qotar qurollarni saqlamaslik hamda o‘z hohishi bilan topshirishlik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari olib borilishiga qaramasdan, fuqarolarda noqonuniy o‘qotar ov qurollar saqlanib kelmoqda.Shu bois Farg‘ona tumani IIB binosida ovchilar bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda, viloyat IIB va tuman IIB mas’ullari tomonidan tashkillangan tadbirda, O‘zbekiston Respublikasining qurol to‘g‘risidagi qonunchiligi mazmun mohiyati yig‘ilganlarga tushuntirildi. Noqonuniy qurol saqlash javobgarlikka sabab bo‘lishi yetkazildi.

Shuningdek, pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish qurolini va o‘zini-o‘zi ximoya qilish qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxs ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinishi, qurol bilan bog‘liq jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, ov qurollaridan to‘g‘ri foydalanish va saqlash bo‘yicha huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi.

Farg‘ona viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech