6 Sentyabr 2024 yil 1097

Oltiariq tumani Toshobod mahallasida jinoyat muhokamasi o‘tkazildi

Har bir shaxs, mahallada istiqomat qiladi. Mahalla kesimida jinoyat va huquqbuzarliklarning muhokama qilinayotganligi o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Birinchidan, muhokamalarda fuqarolar ogohlikka chaqirilyapti, kelgusida ana shunday salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.

Oltiariq tumani Toshobod mahallasida ham viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Elyorbek G‘aniev hamda tuman mutasaddilari ishtirokida ana shunday muhokama tashkil etildi.

Mazkur mahallada sodir qilingan og‘ir turdagi jinoyat muhokama markaziga qo‘yildi. Tadbir jarayonida mazkur jinoyatning sodir etilishiga shart-sharoit yaratib bergan omillar tahlil qilindi. Bunda mahalla yettiligi va faollarning e’tiborsizligi tanqid ostiga olindi.

Kelgusida bu kabi jinoyatlarning oldini olish uchun har bir fuqaro beparvolik va loqaydlikka berilmasdan, o‘zining qo‘ni-qo‘shnisi, mahalladoshlari taqdiriga e’tiborli bo‘lishi kerakligi tushuntirib o‘tildi.

 Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech