Oʼrik bogʼida joylashgan binodan giyohvandlik vositasi topildi.
Quva. 2020 yil 06 fevralь kuni Quva tumani IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, 50 yoshli Yu.Sh. yashayotgan Iftixor MFY.,da joylashgan 0.67 sotix maydonni egallagan oʼrik bogʼining chekka qismidagi yashash uchun moʼljallangan bir xonalik binosi va uning roʼparasidagi ogʼilxona koʼzdan kechirilganda, ogʼilxonaning tom qismidan bir dona qora polietilen sumkaga joylashtirilgan ikki dona qogʼozga oʼralib, uch dona bogʼlam qilib qoʼyilgan quritib-maydalangan yashil rangli, oʼtkir hidli giyohvandlik vositasiga oʼxshash modda topilib tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Fargʼona viloyati IIB ekspertiza xulosasiga koʼra ushbu vosita “MАRIXUАNА” giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Sh.Yu.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati