Oʻquv markazida qarovsiz qoldirilgan kompyuter oʻgʻirlandi
Fargʻona shahri. 31-mart kuni I.A IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs Sayilgoh koʻchasida joylashgan oʻquv markazida qarovsiz qoldirilgan narxi 2.000 AQSH dollarlik kompyuterini yashirin ravishda oʻgʻirlab, voqea joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 169-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni Fargʻona shahrida yashovchi Yo.S ismli qiz tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati